Rasman: Rahim Styerling - "Feyenoord" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
12 fev 2026, 22:20
"Feyenoord" matbuot xizmati Rahim Styerling jamoaga kelib qo'shilishini ma'lum qildi.

Angliyalik vingyer erkin agent sifatida Nidyerlandiya klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv ushbu mavsum yakunigacha amal qiladi.

31 yoshli futbolchining so'nggi jamoasi "Chelsi" bo'lgan va u klub bilan shartnomasini yanvar oyida bekor qilgandi.

Ma'lumot uchun, Styerling ushbu mavsumda birorta o'yinda maydonga tushganicha yo'q.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: feyenoord.com