APL klublari "Bavariya" ko'zlagan o'yinchini ilib ketmoqchi

Alisher Ostonov
15 noya 2025
"Bavariya" "Feyenoord" o'ng qanot himoyachisi Jivayro Rid bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Myunxenliklar futbolchining agentlari bilan muzokaralarda oldinga siljishga erishdi. Ammo, nemis grandi rejalariga APL klublari xalaqit berishi mumkin. Qayd etilishicha, nomi oshkor etilmagan ingliz jamoalari himoyachini "Bavariya"dan olib ketmoqchi.

Jivayro Rid joriy mavsum "Feenoord" safida 15 ta o'yin o'tkazib, ularda bitta gol va uchta assist qayd etdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Sky Germany