La Liga. "Real Madrid" vakili iyun oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi

10 iyul 2020, 19:15
Madridning "Real" klubi hujumchisi Karim Benzema Ispaniya chempionatida o'tgan oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Ma'lumot uchun, 32 yoshli fransiyalik futbolchi iyun oyida 5 ta uchrashuvda maydonga tushdi va uch gol, bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Benzema La Liga joriy mavsumida 17 gol kiritgani holda to'purarlar ro'yxatida Messidan keyin ikkinchi o'rinni band qilib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/LaLigaEN