La Liga. “Atletiko” g'alaba qozondi. Endi Simeone shogirdlari “Real”dan 8 ochko oldinda

28 yanv 2018, 23:20
Diego Simeone shogirdlari Ispaniya chempionatining 21-turida “Las-Palmas” ustidan ishonchli g'alabaga erishdi.

Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. O'yin taqdiri ikkinchi bo'limda hal etildi. Madridliklar tarkibida Antuan Grizmann, Fernando Torres va Tomas gol kiritib, “Atletiko”ning yirik hisobdagi g'alabasini taminladi.

Shu tariqa “Atletiko” chempionatda ikkinchi o'ringa mustahkam o'rnashib oldi. Endi jamoani 3- va 4-o'rindagi “Valensiya” hamda “Real Madrid”dan mos ravishda 6 va 8 ochko ajratib turibdi.

Ispaniya chempionati turnir jadvali

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia