Kroos "Real" bilan shartnomani uzaytirdi

Omonjon To`xtamirzayev
21 iyun 2023, 15:42
"Real" yarim himoyachi Toni Kroos bilan kelishuv muddati uzaytirilganini e'lon qildi.

Tomonlar imzolagan yangi kelishuv 2024 yil 30 iyunga qadar amal qiladi.

Germaniyalik futbolchi 2014 yildan buyon madridliklar sharafini himoya qiladi. O'tgan davr mobaynida u 417 o'yinda maydonga tushib, 20 ta titulni qo'lga kiritdi. Jumladan, 33 yoshli futbolchi 4 marta Chempionlar Ligasida, 5 marta klublar o'rtasidagi JCHda, 4 marta UEFA Superkubogida, 3 martadan La Liga hamda Ispaniya Superkubogida va yana 1 marta Ispaniya Kubogida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Реал Мадрид" ФК