Kroos: "Nemis hakamidan menga sariq kartochka ko'rsatmaslikni so'rab ko'raman"

Aslanov Jasurbek
22 apr 2015, 15:18
"Real" yarim himoyachisi Toni Kroos "Atletiko"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob uchrashuvida sariq kartochka olmaslikka harakat qilishini ta'kidladi.

O'yinni Feliks Brix boshchiligidagi Germaniyadan tashrif buyurgan hakamlar boshqaradi.

"Hakam meni ogohlantirmasligi uchun u bilan suhbatlashib ko'raman. Unga sariq kartochka ko'rsatsa yarim finalda o'ynay olmasligimni aytaman. U o'z vazifasini juda yaxshi uddalaydi. Briz uni nima kutayotganini bilib turibdi" - deydi Kroos.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com