Krishtianu Ronaldu: “Rossiyaning mag'lubiyati ogohlantiruvchi qo'ng'iroq bo'lib xizmat qiladi”

Narzulla Saydullayev
15 avg 2013, 17:58
Portugaliya termasining yetakchisi Krishtianu Ronalduning aytishicha Shimoliy Irlandiya - Rossiya o'yinining natijasi ularga asos va etiborlilikni taqdim etibdi.
Chorshanba kuni rossiyaliklar kutilmaganda Belfastda 0:1 hisobida yutqazib guruhda yetakchilikni qaytarib olish imkoniyatini yo'qotishdi. Bu natijadan keyin portugaliyaliklar jadvalda birinchi o'rinda qolishdi.

“Rossiyaning mag'lubiyati bizga asos bo'ladi, shu bilan birga bu bizga ogohlantiruvchi qo'ng'iroq bo'lishi ham mumkin, axir bizning keyingi o'yinimiz Shimoliy Irlandiyaga qarshi bo'lib o'tadi. Oson bo'lmasligi aniq. Rossiyaliklar yaxshi o'ynashayotgandi lekin mag'lubiyatga uchrashdi”, - deydi Ronaldu.

Portugaliya chorshanba kuni Gollandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Uchrashuvning kattagina qismida “Yevropa Braziliyasi” hisobda orqada borayotgandi, lekin o'yinning oxirlarida Krishtianuning goli tufayli mag'lubiyatdan qutulib qoldi - 1:1.

“Bu kuchli raqibga qarshi, juda muhim o'yin bo'ldi. Shaxsan menga kuchsizroq jamoalarga qaraganda bunday jamoalarga qarshi o'ynash ko'proq yoqadi. Yaxshi o'yin o'tkazdik, yigitlarning ko'rinishi juda yaxshi va biz g'alaba loyiq edik, gollandlarga qaraganda kuchliroq ko'rindik”, - deydi Ronaldu.

Javlonbek Yusupov tarjimasi

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia