Kris van Puyvelde bolalar futboli mutaxassislari uchun taqdimot o'tkazdi

Tolibjon Qosimov
17 yanv 2018, 18:02
Belgiya futbol federatsiyasi Texnik bo'lim boshlig'i Kris van Puyvelde bugun O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, yurtimizda bolalar va o'smirlar futbolini rivojlantirish maslalari bo'yicha suhbat o'tkazgani haqida avval xabar bergandik.

Bugun kunning ikkinchi yarmida Kris van Puyvelde yurtimizdagi bolalar va o'smirlar futboli bo'yicha mutaxassislar uchun taqdimot o'tkazdi.

Taqdimotda O'FF mas'ul xodimlari, yurtimizda bolalar va o'smirlar futboli bo'yicha faoliyat olib borayotgan mutaxassislar va OAV xodimlari ishtirok etishdi.


Kris van Puyvelde Belgiyada yig'ilganlarga bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Belgiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tadbiq qilish, yurtimizdagi musobaqalar va futbol tadbirlarida selekciya ishlarini takomillashtirishda Belgiya va Yevropa mamlakatlari tizimini yo'lga qo'yish masalalari haqida so'z yuritdi.

Tadbir davomida yig'ilganlar o'zlarini qiziqtirgan ko'plab savollarga javob olishdi. Kris van Puyvelde "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" stadionlariga tashrif buyurib, bu yerdagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: the-uff.com