

Bu ikki mutaxassis ko'p yillar davomida birgalikda bolalar futboli bo'yicha faoliyat yuritishadi.Ularda futbolni rivojlantishi bo'yicha aniq dasturlar bor. Mana shu dasturlar asosida ushbu mutaxassislar yurtimizdagi iqtidorli yosh futbolchilarni saralab, ularning futbolchi sifatida o'sishlariga ko'mak berishadi. Keyinchalik ana shu iqtidorli futbolchilar Van Puyvelde va Bekir Tedek tomonidan Yevropaning kuchli klublari, jumladan, "Real" Madrid, "Lion", "Anderlext", "Standard" kabi jamoalariga tavsiya qilib boriladi.
Xorijlik mutaxassislarning fikriga ko'ra, O'zbekistonda iqtidorli futbolchilar ko'p. Faqatgina ularga o'z vaqtida e'tibor qaratib, yosh futbolchilarning istedodini sayqallab borish kerak. Shuningdek, belgiyalik mutaxassislar O'zbekistondagi murabbiylarni Yevropa andozalari asosida tayyorlashga ham yordam berishadi. Kris Van Puyvelde va Bekir Tedek yurtimizda O'zbekiston futbol federatsiyasi rahbariyati va mutaxassislari bilan uchrashishadi. Agar muzokaralar samarali yakunlasa, bu mutaxassislar kelgusida doimiy ravishda Belgiyadan etuk mutaxassislarni yurtimizga jalb qilib borishi rejalashtirilgan.




