Koutinoga APLdan kutilmagan haridor paydo bo'ldi

Eldor Akmurzayev
31 mar 2020, 21:50
Braziliyalik xavbek yana Angliya qaytishi mumkin.

Hozirda “Bavariya”da ijara asosida harakat qilayotgan “Barselona” a'zosi Filippe Koutinoga “Lester” qiziqish bildirmoqda.

“Tulkilar” murabbiyi Brenden Rojers braziliyalik bilan “qizillar”dagi faoliyati davomida birga ishlagan edi. “Lester” futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olishga ishonmoqda. Agar bitim amalga oshadigan bo'lsa, Koutinoning yillik ijarasi APL klubiga 30 mln evroga tushadi.

Shuningdek, 27 yoshli o'yinchi bilan bog'liq vaziyatni “Tottenxem”, MYU, “Chelsi” kabi jamoalar ham kuzatmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Diario Sport