Koutino qishda APLga qaytishi mumkin

Alisher
28 sen 2021, 07:53
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutino jamoadan ketishi mumkin.

Kadrlar muammosiga qaramay, Ronald Kuman braziliyalik futbolchiga unchalik ham ishonch bildirmayapti.

Londonning "Arsenal" va "Tottenxem" klublari futbolchini qishda ijaraga olishmoqchi. Ammo, inglizlar bitimga xarid qilish majburiyatini qo'shishni xohlashmayapti.

Eslatib o'tamiz, Koutinoning "Barselona" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Sun