Koreya Respublikasining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. U Son Hyon Min emas...

Khoja
3 yanv 2024, 07:25
Koreya Respublikasi futbol assotsiatsiyasi 2023 yilning eng yaxshi o'yinchisi nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra, Koreya Respublikasi milliy jamoasi hamda "Bavariya" klubi himoyachisi Kim Min Chje mamlakatning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. 27 yoshli futbolchi yakunlangan yilda "Napoli" safida Italiya chempionligini qo'lga kiritib, Myunxen jamoasiga transfer qilingach, Chempionlar ligasida Bavariya bilan guruhdagi 6 o'yinda 5ta g'alabaga erishdi.

Shu tariqa, Kim Min Chje Son Hyon Minning 4 yillik seriyasiga chek qo'ydi. "Tottenxem" hujumchisi so'nggi to'rt yil davomida Koreya Respublikasining eng yaxshi o'yinchisiga atalgan sovringa ega chiqayotgandi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com