"Bavariya" va Kim 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Aziz Tukhtamuradov
29 iyun 2023, 07:55
"Bavariya" "Napoli" himoyachisi Kim Min Chje bilan og'zaki kelishuvga erishdi.

Myunxenliklar koreyalik 26 yoshli futbolchi bilan 2028 yilgacha kelishib olishgan. 

Endi "Bavariya" futbolchi uchun "Napoli"ga 50-70 million evro atrofida pul to'lashi kerak.

Avvalroq himoyachi "Bavariya" safida yiliga 10-12 million evro olishi mumkinligi haqida xabarlar berilgandi. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Fabrizio Romano