Konte: "Noyabrda hech kim bizni YCHL uchun kurashadi deb o'ylamagandi"

Mirjalol Normatov
2 may 2022, 15:35
"Tottenxem" bosh murabbiyi Antonio Konte APLda "Lester"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Uch ochko juda muhim edi. O'yin davomida jamoada juda katta bosim bor edi. Uchrashuv yakunlanganidan keyin esa futbolchilarga qilingan ishdan zavq olish kerakligini aytdim.

Noyabr oyida jamoa boshqaruvini qo'limga olishimdan oldin biror inson "Tottenxem"ning YCHL uchun kurashishini kutmagandi. Angliyada YCHLga chiqish oson ish emas", - dedi Konte.

Ayni damda Antonio Konte shogirdlari APL turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda. Jamoa 4-o'rindagi "Arsenal"dan 2 ochko ortda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal