Konte: “Morata hali yosh, u dunyodagi eng yaxshilardan biri bo'lishi mumkin”

6 yanv 2018, 00:25
“Chelsi” bosh murabbiyi Antonio Konte ning aytishicha, u jamoasi hujumchisi Alvaro Morata garchi, “Stok Siti” (5:0) va “Arsenal”ga (2:2) qarshi bahslarda ko'plab imkoniyatlardan foydalana olmagan bo'lsada, murabbiy futbolchining harakatlaridan qoniqmoqda.

“Morata joriy mavsumda 12 ta gol urdi va ettita golga assistentlik qildi. Bu uning uchun ajoyib statistika. Unutmaslik kerakki, Morata hali yosh. Endigina 25 ga to'ldi. Bu uning APLdagi ilk mavsumi va u muntazam maydonga tushmoqda. Men ham, klub rahbariyati ham uning harakatlaridan xursand. Alvaro juda yosh hujumchi va u kelgusida dunyodagi eng yaxshilardan biri bo'lishi mumkin. Bu borada men hech qanday muammo ko'rmayapman.

Albatta, agar u yaratilgan vaziyatlardan foydalana olganida biz “Arsenal”ni mag'lub etishimiz mumkin edi. Ammo hujumchilarda ko'plab imkoniyatlar bo'ladi, qaysidir paytda ular bundan foydalanishadi, qaysisidadir yo'q. Unga so'nggi ikki o'yinda omad kulib boqmayapti, ammo men uning harakatlaridan, jamoaga tegayotgan yordamidan xursandman. U shu ruhda davom etishi lozim. Shunda vaziyat ham o'zgaradi”, deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Manba: "Челси" ФК расмий сайти