Konte Eriksen haqida: “U bizning o'yin uslubimizga ko'nikishi kerak”

3 fev 2020, 08:13
“Inter” ustozi jamoaning yangi a'zosi Kristian Eriksen haqida gapirdi.

“Udineze”ga qarshi o'yinda safimizga kelib qo'shilganiga endigina 5 kun bo'lgan Eriksen o'zining ijobiy tomonlarini ko'rsata oldi. Unutmang, biz yarim himoyachilar jarohati sabab ushbu transferni tezlashtirishga majbur bo'ldik. U bizning o'yin uslubimizga moslashishi kerak ekanligi ko'rinib turibdi. Shuningdek, A Ceriya bahslari uchun o'z jismoniy holatini tiklashi kerak. Ammo uning asosiy tarkibdagi o'yinidan xursandman”, - deydi Antonio Konte.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia