Kononov “Terek” bosh murabbiyi etib tayinlandi

Aslanov Jasurbek
23 may 2017
Grozniyning “Terek” klubi rahbariyati jamoaning yangi bosh murabbiyi ism sharifni e'lon qildi.

“Krasnodar” klubining sobiq ustozi Oleg Kononov Checheniston bosh jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu ma'lumotni Checheniston Respublikasi rahbari va shu bilan birga “Terek” klubining faxriy prezidenti Ramzan Qodirov ham tasdiqladi.

51 yoshli mutaxassis bilan 3 yillik shartnoma imzolangan. Kononov “Krasnodar” jamoasida 2013 yildan 2016 yilgacha ishladi. “Terek” klubi endilikda sobiq bosh murabbiy Rashid Rahimov qo'l ostida 5-o'rinni egalladi. Jamoaning Evrokuboklarda ishtirok etishi uchun bir ochko etmay qoldi. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: