

Poytaxtdagi tartibsizliklar payshanba oqshomida, Tripolining "Al-Ittihod" futbol klubi muxlislari Misrataning "As-Suvayhliy" klubiga qarshi o'yinda hakamning penalti belgilamagan qaroriga norozilik bildirib, ko'chalarga chiqqanidan so'ng avj oldi.
Uchrashuv Tripolidan 65 kilometr janubi-sharqda joylashgan Tarhuna shahri stadionida bo'lib o'tgan. O'yinni bevosita kuzatib borgan "Reuters" jurnalistining so'zlariga ko'ra, "Al-Ittihod" jamoasining hakam qaroriga etirozi tufayli bahs 87-daqiqada to'xtatilgan.
Jurnalistning takidlashicha, "Al-Ittihod" muxlislari maydonga bostirib kirib, mulkka zarar etkazgan va stadion qo'riqchilarini jarohatlagan tartibsizliklarni keltirib chiqarishgan.
Ikki guvohning so'zlariga ko'ra, Tripolida o'yinni o'z klubi bazasida tomosha qilayotgan "Al-Ittihod" muxlislari hukumat binosi tomon yurish qilgan va "o'z g'azablarini ifodalash uchun" pirotexnika vositalarini ishga solgan. Oqibatda binoning fasad qismida yong'in kelib chiqqan.



