"Bu bizning sport uchun sharmandalik" – Liviya termasi ustozi Eron va Fransiyani kelishilgan o'yinda aybladi

Administrator
24 sen 2024, 22:19
O'zbekistonda o'tkazilayotgan futzal bo'yicha Jahon chempionatida yana bir katta nizo kelib chiqdi.

"F" guruhi uchinchi turida Fransiya va Eron terma jamoalari ochiqchasiga g'alaba qozonishni istamasdan o'ynashdi. Uchrashuvning videotakrorlarida Eron terma jamoasining o'zi "istamay" qilayotgan hujumini Fransiya futbolchilari ochiqchasiga o'tkazib yuborgani ko'ringan. Bu o'yinda g'alaba qozongan jamoa Braziliya bilan to'qnash kelardi, shu sababli, ikki jamoa ham g'alaba qozonishni "istashmadi". 

Jahon chempionatini uch ochko bilan yakunlagan Liviya futzal terma jamoasi ustozi Rikardo Inigez bu holatni sharmandali deb atadi.

"Liviya Eron va Fransiya o'rtasidagi o'yin bo'yicha rasmiy shikoyat kiritadi. Bu bizning sport uchun sharmandalik", -deb yozadi Rikardo Inigez.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Guardian