Klyuyvert van der Sar yashirgan sirni aytdi

Mirjalol Normatov
18 may 2018, 12:11
Bir yildan keyin erkin agentga aylanadigan "Ayaks" futbolchisi Jastin Klyuyvertning aytishiga ko'ra, u "Tottenxem"ga o'tishi kerak bo'lgan.

Biroq buni Edvin van der Sar hamda Mark Overmars barchadan yashirgan.

"Men buni so'nggi daqiqalarda bilganman. "Ayaks" rahbariyatidagilar buni yashirishdi. Ular mening ustimdan kulgandek bo'lishdi. Ko'ryapsizmi, bizdagi tizim qanday.

To'g'ri, qolishni istaganman, o'sha paytda mening ikki yillik shartnomam bor edi. Biroq kelajagim borasidagi ayrim ma'lumotlarga ega bo'lishim kerak", - dedi Klyuyvert.

Oldinroq Rayola Klyuyvertni "Manchester Yunayted"ga olib o'tishga shama qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: soccernews.ru