Rayola MYU uchun yana bir super transferga tayyorlanmoqda...mi?!

Mirjalol Normatov
12 may 2018, 19:07
"Ayaks" futbolchisi Jastin Klyuyvertning agenti Mino Rayola Amstyerdam jamoasini tanqid qildi.

"Jastin shartnomasini uzaytirmadi, demak u jamoadan ketishni istaydi. Biroq "Ayaks" u bilan shartnoma imzolab, qimmatroqqa sotishni o'ylamoqda. Xo'sh, pulga kim chanqoq? Ahmoq xalq meni futbolchini jamoadan olib ketishga undamoqda deb o'ylaydi. Biroq Jastin klubda qolishni istamayotganini ahmoq ham tushunib turibdi", - dedi Rayola.

Oldinroq 19 yoshli futbolchi "Manchester Yunayted"ga 80 mln evro evaziga transfer qilishini borasida ma'lumotlar tarqagandi. 

Jastinning "Ayaks" bilan shartnomasi 2019 yil iyuniga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com