Klublar o'rtasidagi JCHda "Manchester Siti"ning raqibi aniq bo'ldi

Mirjalol Normatov
15 dek 2023, 21:36
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining chorak finalidagi ilk uchrashuv o'tkazildi.

Unda Yaponiyaning "Urava Red Daymonds" jamoasi g'alabaga erishdi va yarim finalda "Manchester Siti"ning raqibiga aylandi.

Leon Meksika – Urava Red Daymonds Yaponiya 0:1

"Prince Abdullah al-Faisal Stadium"

Gol: 0:1 – 78 Sxalk.

Leon – Kota, Moreno (Ramires, 87), Tesilo, Barreyro, Frias, Rodriges (Ernandes, 83), Romero, Ambris (Fernandes, 83), Mena (Lopes, 83), Vinyas, Alvarado (Santos, 90).

Urava Red Daymonds – Nicikava, Xoybroten, Sholc, Akimoto(Sakai, 81), Ivao, Koizumi, Ito (Nakadzima, 73), Okubo (Sxalk, 73), Yasui, Sekine (Ogivara, 64), Kante.

Ogohlantirish: Okubo (45), Tesilo (51), Vinyas (77).

Chetlatish: Tesilo (84).

"Urava Red Daymonds" - "Manchester Siti" uchrashuvi 20 dekabr kuni soat 23:00da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia