Klopp Tuxelning “Chelsi”ga murabbiy bo'lgani haqida fikr bildirdi

Eldor Akmurzayev
27 yanv 2021, 19:55
“Qizillar” ustozi Yurgen Klopp “Chelsi”ning yangi bosh murabbiyi haqida gapirdi.

“Tuxel – ajoyib murabbiy, uni juda hurmat qilaman. “Chelsi”ning hozirgi tarkibi shunchaki sovg'a, to'g'rimi? Bunga aminman. Tomas ham shunday hisoblaydi. Ularda barchasi yaxshi bo'ladi. Tuxelga omma oldida maslahat berishim kerak deb o'ylamayman. Uning telefon raqami ham menda yo'q”, deydi Klopp.

Eslatib o'tamiz, Tuxel yangi jamoasidagi debyutini bugun “Vulverxempton”ga qarshi bahsda o'tkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Liverpool Echo