Kilian Mbappe bolalikdagi kumiri kim bo'lganini aytdi

Alisher
21 yanv 2020, 10:44
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe yoshligida o'yinlarini eng sevib tomosha qilgan futbolchi kim ekanligini aytdi.

"Yoshligimdagi kumirim Zinedin Zidan bo'lgan. O'sha vaqtlarda u Fransiyadagi barcha bolalarning eng sevimli o'yinchisi edi. Keyinchalik Krishtianu Ronaldu mening kumirimga aylandi.

Men ushbu mavsumda barcha musobaqalarda muvaffaqiyat qozonishni xohlayman. PSJ bilan esa Chempionlar Ligasini yutmoqchiman", - deydi Mbappe.

Eslatib o'tamiz, Mbappe joriy mavsum barcha musobaqalarda 36ta o'yinda maydonga tushib, 28ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca