Kibersport. The International ilk marta Osiyoda o'tkaziladi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2018, 17:41
Bir necha kun oldin Kanada poytaxti Vankuvyerda Dota 2 bo'yicha norasmiy jahon chempionati - The International 2018 turniri yakunlandi.

Musobaqada OG jamoasi yo'lidagi barcha raqiblarini taslim etib, g'olib uchun ajratilgan 11 mln dollar bilan uyiga qaytdi.

OG hamda PSG.LGD o'rtasidagi turnir grand-finalidan oldin The International 2019 qayerda o'tishi e'lon qilindi. 2019 yildagi turnirga Xitoyning Shanxay shahrida joylashgan Mersedes-Benc Arena mezbonlik qiladi.


Tarixda ilk marotaba ushbu musobaqa Osiyo qitasida o'tkaziladi. The International hozirgacha Kyoln (Germaniya), Sietl (AQSH, 6 marta) va Vankuvyerda (Kanada) bo'lib o'tgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia