Kellini: "Mo'jizalar ko'rishga o'rganib qoldik"

Mirjalol Normatov
12 mar 2019, 19:13
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini YCHLning 1/8 finali doirasida "Atletiko"ga qarshi o'yindan oldingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"O'yinni intizorlik bilan kutyapmiz va keyingi bosqichga chiqishni istaymiz.

Biz YCHLning mo'jizakor tunlarini ko'rishga o'rganib qoldik va shunday yana bir tun ko'rsatmoqchimiz.

Biz bugun jangovor o'yin ko'rsatishimiz kerak va shu bilan bir qatorda raqibni hurmat qilishimiz lozim. Sarguzashtlarni davom ettirishni barchamiz istaymiz. 0:2 hisobi "Yuventus" uchun falokatli emas. Futbolda barchasi bir laxzadayoq o'zgarib ketishi mumkin.

"Atletiko" - Yevropaning boshqa grandlaridan ajralib turadigan ajoyib jamoa. Ular jamoaviy o'yinlari tufayli chiroyli natijalarga erishishgan. Ammo bu ularning nozik tomoni yo'q degani emas", - dedi Kellini.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com