Kelasi hafta Olimpiadaga licenziya beradigan Osiyo chempionati mezboni aniqlanadi, O'zbekiston ham nomzod

Aziz Tukhtamuradov
24 sen 2022, 07:43
30 sentyabr kuni AFK 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi 2024 yilgi Osiyo chempionati mezboni bo'yicha yakuniy qarorni e'lon qiladi.

Bu haqida Alisher Nikimbaev o'z telegram kanalida ma'lum qildi. 

Ushbu Osiyo chempionati Parij Olimpiadasi uchun saralash vazifasini bajaradi. 

Musobaqani o'tkazish uchun 5 ta mamlakat da'vogarlik qilmoqda:

Eron

Qatar

Saudiya Arabistoni

Birlashgan Arab Amirliklari

O'zbekiston.

Ketma-ket ikkita musobaqaga mezbonlik qilish bo'yicha taqiq yo'q. Shuning uchun 2022 yilgi Osiyo chempionatini o'zida qabul qilgan O'zbekiston ushbu ro'yxatda qolaveradi. Shuningdek agar Qatar va Saudiya 2027 yilgi Osiyo Kubogi mezbonligini qabul qilsa, 2026 yilgi U-23 Osiyo chempionatiga ham mezbonlik qilishi mumkin, deb yozadi Nikimbaev. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif