Kazemiro MYUdagi birinchi mavsumidan so'ng muxlislarga murojaat qildi

Sherzod Nurmatov
6 iyun 2023, 11:09
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Kazemiro "Old Trafford"dagi ilk mavsumiga baho berdi.

"Barchangizga birinchi ajoyib mavsum uchun va birinchi navbatda oilam va menga bo'lgan muhabbatingiz uchun rahmat. Men o'zimni uydagidek his qilyapman. Sizning xabarlaringizni o'qib chiqdim, bilaman, hamma "Manchester Yunayted" qaytdi, deb aytishadi, ammo bu sayohatimizning boshlanishi. Bu klubning buyukligi bizni o'zimizga bo'lgan talabni kuchaytirishga majbur qilishi kerak. Yanada ko'rpoq mehnat qilish lozim. Bu yerda mag'lubiyat qabul qilinishi mumkin emas, ulug'vor kunlar qaytishi kerak. Men shuning uchun kelganman. Olg'a" ,"Yunayted"!", – dedi Kazemiro.

Eslatib o'tamiz, Kazemiro "Manchester Yunayted"ga "Real"dan o'tgan edi. O'zining birinchi mavsumida braziliyalik "qizil iblislar"ga Liga Kubogini qo'lga kiritishga yordam berdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Manchester Evening News