Kazemiro "Manchester Yunayted"ning oktyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Оқил Абдубарноев
3 noya 2022, 20:07
Braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro "Manchester Yunayted"ning oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Yarim himoyachi muxlislar tomonidan eng ko'p ovozni (34%) qo'lga kiritib, oyning eng yaxshi futbolchisiga aylandi.

Braziliyalik futbolchi himoyachi Lisandro Martines (31 foiz), hujumchi Markus Reshford (19 foiz) va himoyachi Diogu Dalotdan (16 foiz) o'zib ketdi.

Oktyabr oyida Kazemiro "Manchester Yunayted" safida 9 ta o'yin o'tkazib, atigi bittasida asosiy tarkibda maydonga tushmadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: manutd.com