Maguayr: "Kazemironi uchratmagunimcha o'zimni bosh bilan ajoyib zarba beraman, deb yurardim"

Sherzod Nurmatov
28 apr 2026, 12:10
MYU himoyachisi Harri Maguayr "Brentford" bilan bahsda (2:1) bosh bilan gol urgan yarim himoyachi Kazemironing mahoratiga tan berishini aytdi.

"Kazemironi uchratmagunimcha o'zimni bosh bilan ajoyib zarba beraman, deb yurardim. Shubhasiz, u bu borada juda kuchli.

O'yinga kelsak, qiyin bo'ldi. Biz ajoyib start oldik, ammo raqib 25-daqiqadan so'ng ustunlikni o'z qo'liga oldi.

Ikkinchi bo'limdagi sxema o'zgarishi bizni qutqarib qoldi - biz nazoratni qaytarib oldik va maydondagi bo'shliqlarni ancha samaraliroq yopdik", – dedi himoyachi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com