Kavani PSJ bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti

Aslanov Jasurbek
20 fev 2017, 16:10
PSJ hujumchisi Edinson Kavani klub rahbariyati bilan shartnoma uzaytirish borasida kelisha olmayapti.

Yanvar boshida urugvaylik 2020 yilgacha belgilangan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishganligi e'lon qilingan edi. Ushbu bitim bo'yicha Kavani klubning eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, muzokaralar davom etmoqda, ammo tomonlar bazi shartlar bo'yicha kelisha olishmayapti. Kavanini shartnomadagi bonuslar qoniqtirmayapti.

Kavani va PSJ o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2018 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Le Parisien