Kavani: "Atletiko" tomonidan qiziqish bo'ldi, ammo shartnomani hurmat qilish kerak"

Aslanov Jasurbek
13 fev 2017, 16:41
PSJ hujumchisi Edinson Kavani unga yozda "Atletiko" qiziqish bildirganini tasdiqladi.

"Haqiqatni aytaman. "Atletiko" tomonidan qiziqish bo'ldi. Ammo men o'z jamoam va shartnomamni hurmat qiladigan professionallardanman. Yozda oilam bilan Madridda bo'ldim va "Atletiko" vakillari bizni kechki ovqatga taklif qilishdi. Tarbiyam tufayli ularga rad javobini bera olmasdim va bu uchun ulardan minnatdorman" - deydi Kavani.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca