Kasilyas terma jamoadan ketish haqida bayonot bermagan

Aslanov Jasurbek
25 okt 2016, 21:50
"Portu" darvozaboni Iker Kasilyas Ispaniya terma jamoasidan ketish haqida gapirmaganini va zarur paytda yordam berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.


"Men Ispaniya terma jamoasidan ketish haqida gapirmaganman. Shunchaki, murabbiy De Xeani tanladi va men ushbu qarorni hurmat qilaman.

Agar yordamim kerak bo'lsa doimo terma jamoada o'ynashga tayyorman. Terma jamoadan chaqiruv olishing uchun klub safida muntazam yuqori saviyada o'yin ko'rsatishing lozim. Men doimo bu haqida aytib kelganman", - deydi Kasilyas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS