Kasilyas: "Real" uchun etarli darajada kuchliman va klubni tark etish niyatim yo'q"

Aslanov Jasurbek
27 may 2015, 13:10
"Real" posboni Iker Kasilyas bugungi holida "Qirollik klubi" talablariga javob berishiga ishonadi.

"Kelasi mavsumda ham "Real"da o'ynashimga ishonaman. O'zimni boshqa klubda tasavvur qila olmayman va faoliyatimni shu yerda yakunlamoqchiman. Agar ishlarim yomon bo'lganida, jamoani tark etgan bo'lar edim. Ammo hozirda o'zimni yaxshi his qilyapman. Keyingi mavsumni xuddi birinchi mavsumga chiqqanday o'tkazmoqchiman" - deydi Kasilyas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com