"Portu" klubi posboni Iker Kasilyas Chempionlar ligasidagi o'yinlar soni bo'yicha yangi rekord o'rnatdi, deb xabar bermoqda Infostrada.
Kechagi "Chelsi"ga qarshi o'yin 34 yoshli darvozabon uchun YCHLdagi 158-bahs bo'ldi. Oldingi rekord "Barselona"ning sobiq yarim himoyachisi Xaviga tegishli edi.