Karlos Teves: "Vidich Italiya chempionatiga juda mos o'yinchi"

Omonjon To`xtamirzayev
10 okt 2013, 21:13
"Yuventus" hujumchisi Karlos Teves "Manchester Yunayted"dagi sobiq sherigi Nemanya Vidich Italiya chempionatiga osonlik bilan moslashib ketishi mumkinligini aytib o'tdi.
Oldinroq bu mavsum serbiyalik futbolchi uchun Angliyadagi oxirgisi bo'lishi haqida xabarlar chiqqandi. Turin klubi 31 yoshli futbolchiga qiziqmoqda va yanvar oyida "MYU"ga 8 millionov futnt taklif qilmoqchi.

– U ajoyib himoyachi va jismoniy tomonlama kuchli o'yinchi, – deydi Teves Mirror nashriga. – Vidich bilan birga va unga qarshi o'ynab ko'rganman. Italiya chempionati unga juda mos kelardi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport-express.ru