Karlo Anchelotti "Vilyarreal"ga qarshi o'yin haqida: "Bizga biroz omad yetishmadi"

Narzulla Saydullayev
13 fev 2022, 00:55
"Real Madrid" "Vilyarreal" bilan nursiz durang qayd etdi.

"Real" ustozi Karlo Anchelotti ushbu o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ikkinchi taymdan qoniqdim. Birinchi bo'limdan farqli ravishda, biz ikkinchi taymda yaxshi o'yin ko'rsatdik. Bizda juda ko'p golli vaziyatlar bo'ldi. Shu tempda davom etishimiz kerak. 

Birinchi bo'limda bizga agressivlik yetishmadi. Ikkinchi taymda esa barchasini izga tushirgandik. Bizga biroz omad yetishmaganini ham ta'kidlab o'tish joiz. Ikki marta ustunni poyladik. Raqib jamoa darvozaboni bir necha sayvlarni ham amalga oshirdi. 

Beyl yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ikkinchi taymda gol kiritishi ham mumkin edi. Ammo omad yetishmadi. 

La Liga - hamma uchun qiyin turnir. G'alaba qozonmas ekansan, senga qiyin bo'ladi", -deydi Karlo Anchelotti. 

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Marca