

UEFA yilning eng yaxshi erkak murabbiyi sovrinini "Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga topshirdi. Anchelotti "Real" bilan o'tgan mavsum YCHL hamda La Liga g'olibligini qo'lga kiritgandi.

Ushbu sovrin uchun Anchelottidan tashqari Xosep Gvardiola (Manchester Siti) va Yurgen Klopp (Liverpul) nomzodi qo'yilgandi.

