

"Albatta Fransiya terma jamoasining Yevropa chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatidan o'rin olmaganimni bilganimdanoq juda xafa bo'ldim. Hozir ham ko'nglim qolgan. Lekin hayot shu. Yevropa chempionatida futbolchi sifatida qatnashmasam, ushbu musobaqani kuzatib boraman. Fransiyada o'tadigan katta futbol bayramida men albatta o'z jamoaga muxlislik qilaman. Ularga imkon qadar uzoqroqqa borishlarini tilayman. Fransiya terma jamoasi ajoyib kubokni yutishiga tilakdoshman. Jamoadoshlarimga omad yor bo'lsin", - deydi Benzema.



