Kante uchun kurashda Italiya grandi “Real”ni dog'da qoldirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
16 mar 2019, 23:45
Turinning “Yuventus” klubi mutasaddilari N'golo Kantening agenti bilan muzokaralar o'tkazdi, deya xabar qiladi Tuttosport.​​

“Keksa sinora” fransiyalik xavbekni yozgi transferlar oynasida qo'lga kiritmoqchi. Kante joriy mavsum APLda 29ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 3ta gol va 4ta golli uzatmani o'z hisobiga yozib qo'ygan. Avvalroq, Kante “Real” bosh murabbiyi Zidanning birinchi transfer nishoni ekanligini xabar qilingandi.

Aytish joizki, turinliklarning sport direktori Fabio Paratichi “Atletiko” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, jamoaga Fransiya terma jamoasining boshqa bir futbolchisi Kilian Mbappeni olib kelishni vada qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport