Kante, Oganesyan, Sergeev - Qozog'iston chempionatining narxi eng ko'p qimmatlagan futbolchilari

Sherzod Nurmatov
30 noya 2021, 19:30
Xuddi bizdagi singari Qozog'istonda ham mavsum yakuniga etdi.

Transfermarkt veb-sayti Qozog'iston Premer-ligasidagi o'yinchilarning bozor qiymatlarini yangiladi. Unga ko'ra, top-divizionning 300 nafar futbolchisi yangi ko'rsatkichlarga ega bo'lishdi.

Chempion "Tobol" tarkibidagi eng qimmat futbolchi O'zbekiston terma jamoasi forvardi Igor Sergeev bo'lib turibdi. Tarkibda tezda o'rnini topib ketgan hujumchi o'zining nimalarga qodir ekanligini ko'rsatdi. 28 yoshli Sergeev umumiy 18 uchrashuvda 10 ta gol urdi. Shu tariqa, u o'zi erishgan tarixiy cho'qqi – 2 million evrolik marraga yaqinlashdi va ayni paytda 1,7 million evroga baholanmoqda.

Eng ko'p qimmatlagan futbolchilar ro'yxati

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Transfermarkt