

“Osiyoga yo'l olgandan ko'ra, Yevropada qolishga harakat qilganimiz maqul. Agar shunday imkoniyat bo'lsa, unda hozirdanoq keskin choralar ko'rish yaramaydi. Qolaversa, FIFA Rossiyaning OFKga qo'shilishiga to'sqinlik qilishiga ishonaman. Bundan tashqari, OFK rahbariyati bizni qabul qilishni xohlashiga ishonch hosil qilishimiz lozim. Nima bo'lganda ham UEFA yaxshiroq ko'rinmoqda, Osiyoda esa saviyamiz yanada tushib ketadi. Menimcha, hozir FIFA hamda UEFA bilan tez-tez va samaraliroq muzokara o'tkazib, ular bilan aloqalarni tiklashga urunishimiz lozim”, deydi Kanchelskis.



