Kan: "Roysning "Bavariya"ga o'tishi, Dortmundning "Borussiya"sini "nokaut" qiladi"

Aslanov Jasurbek
25 noya 2014, 16:44
Germaniya terma jamoasi sobiq darvozaboni Oliver Kan Dortmundning "Borussiya" klubi hujumchisi Marko Roysning "Bavariya"ga o'tishi haqida o'z fikrini bildirdi.

"Agar Roys "Bavariya"ga o'tsa, bu Dortmundning "Borussiya" klubi uchun "nokaut"ga uchratadigan zarba bo'ladi. Gap faqat maydondagi o'yin haqida ketmayapti. Bunday narsalarga past baho berib bo'lmaydi. Bu holat "Borussiya"ga ruhiy jihatdan jiddiy ta’sir qiladi. Ular nega kuchli futbolchilarni yo'qotayotganini o'ylashiga to'g'ri keladi" - deydi Kan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru