Joze Mourinyo: “Transfer oynasi? Menga hozirgi jamoamga ishonaman”

Aslanov Jasurbek
17 dek 2016, 02:48
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo qishki transfer oynasi davridagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

 “Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo qishki transfer oynasi davridagi rejalari bilan o'rtoqlashdi.

“Men bu paytda nimalar bo'lishini tinch va bexavotir kuzatmoqchiman. Ilgari aytib o'tganimdek, jamoamiznig hozirgi tarkibi menga maqul. Lekin men faoliyatini o'zgacha tarzda o'tkazib, jamoada o'zini baxtli his qilishni istayotgan insonni to'xtatib qolishga haqqim bor yo'qligini his qilmayapman.

Hozircha transfer oynasi vaqtida nimalar bo'lishini kuzataylik. Agar siz mendan “ 1 yanvardan keyin kimnidir kutayotganim yoki yangi yildan tarkibimizda yangi futbolchi bo'lishi mumkinmi” deb so'ramoqchi bo'lsangiz,  yo'q, bunday holat yuz bermaydi.

Menga jamoam yoqadi va men futbolchilarimga ishonaman”, dedi Mourinyo

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: www.manutd.com