
BAAdagi yig'in so'nggida Odil Ahmedov va Server Jeparovning futbolkasini olishni maqsad qilgan edik. Shunda jamoa vakillaridan biri agar futbolchilar futbolkalarini sovg'a qilishsa, muxlislarga otishsa yoki raqib futbolchisi bilan almashadigan bo'lsalar, 150 000 so'm pul to'lab qo'yishlari lozim ekan. Bu esa futbolkaning asl narxi ekan.
Shundan keyin futbolchilardan liboslarini so'rashga uyaldim.
Suratga izoh: Shavkat Mullajonov hozirgina 150 000 so'mga tushdi.