

"Iltimos - kelajagim haqida savol bermang. Ayni damda "Arsenal" futbolchisiman va mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'rishni istayman. Bu asosiysi" - deydi Jiru.
Fransiyalik so'nggi mavsum 40 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 7 ta golli pas berdi. "To'pchilar" yozda "Lion" forvardi Aleksandr Lyakazettni xarid qilib, hujum chizig'idagi raqobatni kuchaytirishdi.



