Jiru: "Arsenal"da qolib, yana bir sovrinni qo'lga kiritmoqchiman"

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2017, 17:43
"Arsenal" hujumchisi Olive Jiru yozgi transfer oynasida klubini tark etish niyatida emas.

"Marsel" va boshqa klublarning qiziqishiga qaramasdan, fransiyalik London jamoasida qolishni istaydi.

"Faoliyatim davomida bir nechta sovrinni qo'lga kiritdim, ammo odamlar senda jangchini ko'rishsa, bu juda muhim. Aynan shu sababli "Arsenal"da qolib, klub uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilmoqchiman.

"Arsenal" bilan yana bir sovrinni qo'lga kiritib, shartnomamni oxirigacha etkazib qo'yish niyatidaman" - deydi Jiru.

30 yoshli futbolchining shartnomasi 2019 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com