

Oldinroq Slot o'tgan mavsumda jamoaning YCHLdan ertaroq chiqib ketgani APL chempionligiga yordam berganini aytib o'tgandi.
"Muxlislarning bundan norozi bo'lganini tushunaman, chunki o'sha payt jamoa 15 ochkoga ilgarilab ketgandi. O'sha paytda jamoa deyarli chempion bo'lib bo'lgandi. "Liverpul"ning YCHLdan chiqib ketgani bunga yordam berdi, degan gap esa muxlislarga zarba bo'ldi. Chunki ular pullarini ishlatib, hamma o'yinlarga borishgan va jamoani YCHL o'yinlarida qo'llab-quvvatlagandi.
O'shanda jamoaning YCHLdan chiqib ketgani muxlislar va futbolchilar orasida og'riqli qabul qilingandi. Bu ularni o'ldiradi. 15 ochkolik farq bo'la turib, bu chempionlikka yordam berdi degandan keyin muxlislarning xafa bo'lishini tushunsa bo'ladi", - dedi Jerrard.



