JCH-2022 saralashi qanday o'tishi ma'lum, bizdagi vaziyat qanday?

Narzulla Saydullayev
23 may 2019, 12:35
FIFA 2022 yil Qatarda o'tadigan mundialda avval taxmin qilinganidek 48ta emas 32ta terma jamoa ishtirok etishini rasman ma'lum qildi.

Demak JCH-2022 saralash bahslari haqida qisqacha.
Qita: Osiyo (OFK)
Ishtirokchi mamlakatlar soni: 46ta.
JCH yullanmasi: 4+1.
Saralash bosqichi: 3ta OFKda va 1ta pley-off. OFKda 5-o'rinni qo'lga kiritgan jamoa qaysi mintaqa vakili bilan JCH yo'llanmasi uchun bahs olib borishi qur'a orqali aniqlanadi.

Birinchi bosqich: FIFA reytingida OFK ro'yxatida 35-46 o'rinlarda turgan jamoalar ichidan 8ta terma jamoa ikki o'yin natijasiga ko'ra tanlab olinadi. Juftliklar aniq:

Mo'g'uliston - Bruney
Makao - Shri-Lanka
Laos - Bangladesh
Malayziya - Sharqiy Timor
Kambodja - Pokiston
Butan - Guam

Saralash uyinlari 6 va 11 iyun kunlari ma'lum buladi. OFK 8ta jamoani ajratib olganidan so'ng 2-raund uchun qur'a tashlash marosimini o'tkazadi. Qur'a 17 iyul kuni bo'lib o'tadi.

2-raundda 40ta terma jamoa 5tadan 8ta guruhga bo'linadilar. Bu ham FIFA reytingi asosida taqsimlanadi. O'zbekiston mazkur qur'a tashlash marosimida 2-savatchadan joy oladi.

Saralash bahslari Osiyo Kubogi-2023 yullanmasini hal qilishini inobatga olgan holda unda Qatar ham ishtirok etadi.

1-savatcha: Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya, Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni va Xitoy.

Qur'a tashlanguniga qadar Xitoy va Iroq terma jamoalari reytingda joy almashishlari mumkin. O'zbekistonda bunday imkoniyat saqlanib qolmagan. O'rtadagi tafovut 49 ball. Buning uchun MTJ ko'proq yutish imkoniyati mavjud terma jamoalar bilan o'rtoklik o'yinlarini o'tkazishi kerak edi. Guvohi bo'lganingizdek O'zbekistonning raqiblari orasida 2-bosqichni o'zidayoq juda kuchli terma jamoalar joy olishi mumkin.

8ta guruh g'oliblari va eng yaxshi 4ta ikkinchi o'rinni olgan terma jamoa 3-bosqichga yo'l oladi. U yerda 6ta jamoadan iborat 2ta guruh tuziladi. Yakunda dastlabki 2-o'rinni qo'lga kiritgan terma JCHga yo'l olsa, ikki guruhda uchinchi o'rinni egallaganlar o'zaro bahs olib boradilar. G'olib Okeaniya, Janubiy Amerika eki Shimoliy Amerika vakiliga qarshi maydonga chiqadi.

Ko'rib turganingizdek O'zbekiston terma jamoasining oldida juda uzoq va qiyin yo'l turibdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia