JCH-2018 saralashi. Bugun Suriya Avstraliya mehmoni bo'ladi, bahsni Ermatov boshqaradi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2017, 11:04
Bugun Osiyo qitasida JCH-2018 saralashi to'rtinchi bosqichi doirasidagi javob o'yini bo'lib o'tadi.

Uchinchi bosqichda o'z guruhlarida uchinchi o'rinni olgan ikki jamoa Suriya hamda Avstraliya o'zaro ikkita uchrashuv o'tkazishadi. 5 oktyabr kuni Malayziyadagi "Xang Jebat" stadionida Suriya terma jamoasi mezbonligi ostida o'tgan uchrashuvida 1:1 hisobi qayd etilgandi. 

Bugungi o'yinni o'zbekistonlik Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

Eslatib o'tamiz, ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib bo'lgan jamoa noyabr oyida KONKAKAF mintaqasining to'rtinchi jamoasiga qarshi pley-off uchrashuvini o'tkazadi.

Avstraliya - Suriya
10 oktyabr. Sidney. "Avstraliya" stadioni. 14:00 (Toshkent vaqti)
Bosh hakam
: Ravshan Ermatov (O'zbekiston)


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia